18:20 / 15.02.2018
6 049

Och sherlar brakonerning faqatgina kalla-pochasini qoldirdi

Och sherlar brakonerning faqatgina kalla-pochasini qoldirdi
Janubiy Afrika respublikasida och sherlar brakonerlikda gumon qilingan erkakni yeb qo‘yishdi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Politsiyaning ma’lumot berishicha, 12 fevral kuni Kryuger Milliy parkida o‘t-o‘lanlar ustidan odam jasadi qoldiqlari topilgan. So‘nggi yillarda bu yerda brakonerlik juda kuchaygan.Aftidan erkak ov qilish maqsadida qo‘riqxonaga kelgan.

Sherlar erkakni butunlay yeb, faqat boshi va ichki a’zolarini qoldirgan. Jasad qoldiqlari yonidan o‘qlangan qurol topilgan. Politsiya halok bo‘lgan odamning shaxsini aniqlamoqda.

JARda brakonerlar tez-tez sherlarni ov qilishadi. Sherning ba’zi tana a’zolari an’anaviy tabobatda dori-darmon sifatida ishlatiladi. Ovchilar karkidonlarni ham tinch qo‘yishmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Och sherlar brakonerning faqatgina kalla-pochasini qoldirdi