4 532
Murmanlik erkak bankomat tomonidan nosozlik sababli berilgan pullarni ishlatgani uchun sudlanadi
Rossiyaning Murman viloyati Kol shahri politsiyasi bankomat tomonidan xato sababli berilgan pullarni ishlatgan erkakni qo‘lga oldi. Erkak bankomatdan bir necha ming rubl olmoqchi bo‘lganida, bankomat unga 600 ming rubl chiqarib bergan. U bu pullarning hammasini ishlatib yuborgan, shuning uchun u olti yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Banklardan birining vakili politsiyaga murojaat qilib, noma’lum kishi bankomatdan 600 ming rubl o‘g‘irlaganini ma’lum qilgan. Kuzatuv kameralari tasvirlaridan ayon bo‘lishicha, texnik nosozlik sababli bankomat karta egasi tomonidan so‘ralganidan ko‘proq pul bergan.
Xabar qilinishicha, 1977 yilda tug‘ilgan erkak pin-kodni kiritganda so‘ralgan bir ming rubl o‘rniga bankomat kattaroq nominaldagi kupyurani chiqargan. Erkak raqamlar kombinatsiyasini bir necha marta takrorlagan va 600 ming rublni qo‘lga kiritgan. Shundan so‘ng u pullar bilan voqea joyidan yashiringan.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?