13:35 / 16.02.2018
6 669

Avtobus haydovchisi alangada qolgan 50 yo‘lovchini qutqardi-yu, ammo o‘zi halok bo‘ldi

Avtobus haydovchisi alangada qolgan 50 yo‘lovchini qutqardi-yu, ammo o‘zi halok bo‘ldi
Tailandda yo‘lovchi tashuvchi avtobus mudhish halokatga uchradi. Yo‘l-transport halokati natijasida yong‘in kelib chiqqan. Haydovchi avtobus ichidagi 50 kishining hayotini saqlab qoldi, biroq o‘zi vafot etdi. Bu haqda Qalampir nashri ma’lum qildi.

Hodisa 15 fevral kuni sodir bo‘lgan. Avtobus bir guruh xodimlarni olib ketayotgan edi. Transport vositasi tog‘dan pastga tushish vaqtida kutilmaganda yong‘in yuzaga kelgan.

Haydovchi zudlik bilan yo‘lovchilarni olov ichidan olib chiqishga uringan va ularni qutqarib qolgan. Ammo avtobus tog‘ yo‘li bo‘ylab pastga tushishni boshlagan. Haydovchi uni to‘xtatish maqsadida avtobusning ichiga kirib olgan, biroq ulgurmagan. Sababi avtobus qarshisidagi yuk mashinasiga urilgan. Haydovchi og‘ir jarohat olib, voqea joyida jon bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avtobus haydovchisi alangada qolgan 50 yo‘lovchini qutqardi-yu, ammo o‘zi halok bo‘ldi