20:16 / 17.02.2018
4 880

Roman Abramovich Telegram’ga 300 mln dollar investitsiya kiritdi

Roman Abramovich Telegram’ga 300 mln dollar investitsiya kiritdi
Biznesmen Roman Abramovich Telegram messenjeriga 300 million dollar investitsiya kiritdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Manbalarga ko‘ra, Abramovich investitsiya kiritish huquqiga ega ilk rossiyaliklardan biri bo‘ldi.

Qiwi kompaniyasi rahbari Sergey Solonin ham messenjer investorlaridan biri bo‘lgani, buning uchun 17 million dollar sarflagani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Pavel Durov Telegram Open Network blokcheyn-platformasini ishga tushirishi, buning uchun yirik kompaniya va investorlardan 500 million dollar sarmoya jalb qilishni rejalashtirgani bildirilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Roman Abramovich Telegram’ga 300 mln dollar investitsiya kiritdi