Tibetda YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgan ob’ekt yonib ketdi

  • 18 fevral 2018, 10:50
  • 2 423
  • Dunyo
  • Tibetda YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgan ob’ekt yonib ketdi
    Tibet muxtor tumani poytaxti Lxasada joylashgan, YuNESKO jahon madaniy merosi ob’ekti hisoblanuvchi Jokang butxonasiga o‘t ketdi. Bu haqda “Kun” nashri xabar bermoqda.

    Yong‘in 17 fevral kechasi boshlangan. Ayni vaqtda o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirishga harakat qilmoqdalar. Yong‘inga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. Yong‘in murakkabligi darajasi nisbatan og‘ir deya baholangan. Ta’kidlanishicha, butxona tomiga zarar yetgan bo‘lishi mumkin.

    Ma’lum qilinishicha, voqea joyiga Tibet partiya qo‘mitasi kotibi U Insze yo‘l olgan.

    Qurilishi 639 yilda boshlangan Jokang butxonasi Lxasaning diniy markazi va Tibetdagi eng muqaddas joy hisoblanadi. Bu yerga ko‘plab ziyoratchilar va sayyohlar keladi. Butxona Dalay-lamaning sobiq qarorgohi – Potala saroyidan bir kilometr uzoqda joylashgan. Butxonada ko‘plab qimmatli yodgorliklar, jumladan Tibet buddaviyligida eng qadrlanuvchi Shakyamuni buddasi haykali bor.

    Butxona 2000 yilda YuNESKO jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Tibetda YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgan ob’ekt yonib ketdi