16:50 / 18.02.2018
4 481

Peterburgda yonayotgan avtomobilni ekskavatorchi qor bilan o‘chirdi (video)

Peterburgda yonayotgan avtomobilni ekskavatorchi qor bilan o‘chirdi (video)
Petergburgda ekskavator yonayotgan mashina ustiga qor uyumini tashlab, o‘t o‘chirgan videosi tarqaldi. "78" telekanali shu haqida xabar berganligini Kun nashri ma’lum qildi.

Yo‘l-transport hodisasi Konstitutsiya maydonida ro‘y berdi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, "Volga" qarama-qarshi chiziq bo‘yicha yo‘nalib, ustunga urilgan va yona boshlagan.

Yaqin atrofda qor tozalash bilan shug‘ullanayotgan ishchilar "Volga" haydovchisiga yordamga shoshilishgan. Ekskavatorlardan biri qor uyumini olib, uni yonayotgan avtomobil ustiga tashlagan.

Manbada ta’kidlanishicha, voqea natijasida hech kim jabrlanmagan. Ushbu hodisa aks etgan videoni quyidagi HAVOLA orqali ko‘rish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Peterburgda yonayotgan avtomobilni ekskavatorchi qor bilan o‘chirdi (video)