Hindistonning shimoli-g‘arbiy qismida to‘y tantanasi nishonlanayotgan joy yaqinida gaz balloni portlashi natijasida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «India Toda»ga asoslanib «Kun.uz» xabar berdi.
Voqea juma kuni kechqurun Rajaston shtatidagi Beavar shahrida ro‘y bergan. Portlash natijasida to‘y tantanasi o‘tayotgan bino qulagan. Qutqaruv xizmatlari vayronalar ostidan 9 kishining jonsiz tanasini olib chiqishgan, yakshanba kuni esa yana 9 nafar kishining jasadi topilgan.
Voqea natijasida yana 18 kishining jarohat olgani, 6 nafarining shifoxonadan qo‘yib yuborilgani, 5 nafar jabrlanuvchining ahvoli og‘ir ekani ma’lum qilindi. Mahalliy ma’muriyat vakili Gaurav Goyalning xabar berishicha, yana ikki kishi vayronalar ostida qolgan bo‘lishi mumkin, qidiruv operatsiyasi davom etmoqda.
Shtat ma’muriyati vakili Vasundxar Rajning ma’lum qilishicha, hukumat halok bo‘lganlarning oilalariga kompensatsiya sifatida 200 ming rupiydan ajratadi, jabrlanuvchilarga ko‘rsatiladigan moliyaviy yordam esa kishi boshiga 50 ming rupiyni tashkil qiladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi