Braziliyaning Riashan-das-Nevis shahrida yashovchi 37 yoshli, Rozangela Almeyda dos Santos ismli ayol shifokorlarning xatosi tufayli tiriklay ko‘mildi, deb xabar berdi Darakchi nashri.
Ayol qabrda 11 kun yotgan. U chiqishga harakat qilib, bor ovozi bilan baqirgan. Mahalliy aholi qabrdan kelayotgan ovozni eshitib, “marhuma”ni kavlab olishdi.
Rozangelu dos Santos yanvar oyining oxirida holi yo‘qligidan shikoyat qilganda, qarindoshlari tomonidan kasalxonaga yotqizilgan. Oradan bir hafta o‘tib, ayolning yuragida muammolar paydo bo‘la boshlagan. Ko‘p o‘tmay u shifokorlarning fikricha, skeptik shokdan olamdan o‘tgan.
Ayolning o‘limi qayd etilgach, mahalliy qabristonga dafn etilgan. Bir necha kundan keyin qabriston atrofida yashovchi aholi qabrdan kelayotgan tovushni eshitgan. Zudlik bilan qabrni kavlab ochgan odamlar tobut ichidan tirnalib yotganini, ayolning qo‘li shilinib ketganligining guvohi bo‘lishgan. Ayol kavlab olinganiga qaramay, olamdan o‘tgan.
Marhumaning yaqinlari u shifokorlar aybi tufayli tiriklay dafn etilgan, deb hisoblashmoqda. Fojiani politsiya tergov qilmoqda.
Mazkur voqea aks etgan videoni quyidagi HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi