Qozog‘istonda “maktablarda ro‘mol bilan bog‘liq muammo” bo‘yicha ota-onalar jarimaga tortilmoqda

  • 20 fevral 2018, 10:50
  • 3 480
  • Dunyo
  • Qozog‘istonda “maktablarda ro‘mol bilan bog‘liq muammo” bo‘yicha ota-onalar jarimaga tortilmoqda
    Viloyat ta’lim sohasini nazorat qilish departamenti ma’lumotlariga qaraganda, 19 yanvardan boshlab qizlari maktabga qatnamayotgan 13 nafar ota-ona jarimaga tortilgan, deb yozadi tnews.uz nashri.

    Oylik Hisob Ko‘rsatkichining besh barobari (12 ming tenge yoki 37 dollar) miqdoridagi jarima Xobdin tumanidagi Aliya qishlog‘ida istiqomat qiluvchi ikki qizning ota-onasiga yozilgan, deya xabar berdi tuman ta’lim bo‘limi rahbari Nurlibay Ayjariqov.

    Ayjariqovning so‘zlariga qaraganda, mahaliy maktabning oltinchi va sakkizinchi sinflarida ta’lim oluvchi mahalliy oilaning ikki nafar qizi uchinchi chorakdan boshlab darsga qatnashmayapti. «Maktab o‘quvchilarining ota -onalari bilan bir necha bor uchrashuv o‘tkazildi, biz ularni ogohlantirdik, keyin ogohlantirish borasidagi hujjatlarni ta’limni nazorat qiluvchi viloyat departamentiga topshirdik. Biz taqdim qilgan hujjatga asoslanib departament ularni jarimaga tortdi», — deydi Ayjariqov.

    Din ishlari bo‘yicha viloyat boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni damda viloyatda “majburiy maktab formasi talablariga rioya etilmasligi” tufayli kamida 103 nafar o‘quvchi qiz darsga qatnamayapti. Rasmiylarning aytishicha, ular qizlarning ota-onalari bilan suhbatlar o‘tkazishmoqda.

    Vazir tomonidan 2016 yil fevralda imzolangan maktab formasiga “turli konfessiyalarga taalluqli diniy libos elementlarini” kiritilishi taqiqlangan № 26 buyruq, bu galgi o‘quv yilida maktablarda musulmon liboslarini kiyish masalasida, bahslarni keltirib chiqardi. Dekabr oyida Ostona sudi mazkur buyruqni bekor qilishni so‘rab chiqqan o‘nlab ota-onalarning da’vosini rad qildi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Qozog‘istonda “maktablarda ro‘mol bilan bog‘liq muammo” bo‘yicha ota-onalar jarimaga tortilmoqda