19:00 / 20.02.2018
4 041

Turkiyalik 17 amaldor Gretsiyaga qochib o‘tdi

Turkiyalik 17 amaldor Gretsiyaga qochib o‘tdi
Turkiyalik 17 amaldor damlama qayiqda Gretsiyaga qochib o‘tdi. Bu haqda Gretsiyaning politischios.gr sayti xabariga asosan Kun nashri ma’lum qilmoqda.

Turkiyaning ushbu barcha fuqarolari Gretsiyadan siyosiy boshpana so‘ragan.

Gretsiya sohilni qo‘riqlash xizmati xabariga ko‘ra, 17 kishi Inusses oroliga yetib kelgan va keyinchalik Xiosga olib o‘tilgan, u yerda esa port ma’muriyati xodimlariga topshirilgan.

“Gap turkiyalik davlat xizmatchilari hamda sudya haqida ketmoqda. Ularning iddao etishicha, rejim ta’qibi tufayli qamalishlari mumkin”, - deb yozadi nashr.

Ayni damda turkiyalik barcha amaldorlar qochqinlar va migrantlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha qabul markaziga olib ketilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyalik 17 amaldor Gretsiyaga qochib o‘tdi