20:19 / 21.02.2018
4 104

AQSH Ukrainaga Turkiya uchun raketalar qurishni taqiqladi

AQSH Ukrainaga Turkiya uchun raketalar qurishni taqiqladi
Vashington Turkiya uchun raketa-tashuvchi yaratish bo‘yicha Ukraina loyihasini bloklab qo‘ydi, deb xabar bermoqda “Oboronno-promыshlennыy kuryer” nashri Ukraina mudofaa sanoati kompleksiga tayangan holda.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, AQSH loyiha rivojiga ikki yil muqaddam xalaqit bergan, o‘shanda Kiyev va Anqara o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha muzokaralar faol bosqichda bo‘lgan. Xususan, gap raketalar, samolyotlar va yuqori aniqlikdagi quroldan himoyalanish tizimlarini birgalikda yaratish haqida ketgan.

O‘z nomini oshkor etmagan sanoatchining so‘zlariga ko‘ra, Amerika tomoni Turkiyaning “nazorat qilinmaydigan” kuchayishini xohlamagan va Ukrainaga texnologiyalari berilishiga qarshi chiqqan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Ukrainaga Turkiya uchun raketalar qurishni taqiqladi