00:20 / 22.02.2018
4 267

Delfinlarni jalb etishning g‘aroyib usuli (video)

Delfinlarni jalb etishning g‘aroyib usuli (video)
Amerikaning Florida shtatidagi Orlando shahrida yashovchi qiz delfinlarni jalb qilishda oddiy taroqdan foydalandi. Daily Mail taqdim etgan video shundan dalolat beradi.

Qizchaning oila a’zolari tomonidan olingan videoda u taroqni rezervuar shishasiga yaqinlashtiradi va uning “tishlari”ga tegib o‘ziga xos tovush chiqaradi. Bunday tovushni eshitgan delfinlar kichik amerikalik qizcha tomon oshiqishdi.

Qizchaning otasi aytishicha, u avval delfinlarni boshqa usullar bilan jalb qilishga harakat qilgan. “U turli o‘yinchoqlar, mobil telefondan foydalangan, shishani taqillatgan, turli xatti-harakatlar qilgan”, - deydi u. Delfinlar unga e’tibor qaratishmagan.

Qizcha o‘z “muammosi” yechimini internetdan izlagan va taroq bilan bog‘liq tryukni topgan. Okeanariumga navbatdagi tashrif davomida u tavsiyaga amal qilib, delfinlarni jalb qilishga muvaffaq bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Delfinlarni jalb etishning g‘aroyib usuli (video)