10:47 / 23.02.2018
3 919

Rossiyaning Argentinadagi elchixonasida 400 kilogramm kokain topilgan

Rossiyaning Argentinadagi elchixonasida 400 kilogramm kokain topilgan
2016 yilda Rossiyaning Argentinadagi elchixonasidan 389 kilogramm kokain topilgan, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” Argentina xavfsizlik vaziri Patrisiya Bullrichga tayangan holda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2016 yilning dekabrida elchixona o‘ziga qarashli maktabda kokainga to‘la bir necha chamadon topilgani sababli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etgan. Rossiya va Argentina maxsus xizmatlari maxsus amaliyoti davomida giyohvand modda unga almashtirib qo‘yilgan, chamadonlarga esa GPS-trekerlar joylashtirilgan.


“Narkotik Rossiyaga kelmagan, u yerga un jo‘natilgan”, - deya aytib o‘tdi Bullrich.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, giyohvand moddani Rossiyaga diplomatik pochta bilan yuborishni rejalashtirishgan. Ularning qiymati qora bozorda taxminan 50 mln yevroga teng. Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, narkotrafikka elchixona sobiq buxgalteri va yana bir necha rossiyalik aloqadordir.

Manba: Kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning Argentinadagi elchixonasida 400 kilogramm kokain topilgan