21:05 / 23.02.2018
4 285

Turkiya Suriyada “terrorchilar kolonnasi”ga zarba berilgani haqida ma’lum qildi

Turkiya Suriyada “terrorchilar kolonnasi”ga zarba berilgani haqida ma’lum qildi
Turkiya Qurolli kuchlari Bosh shtabining ma’lum qilishicha, mamlakat artilleriyasi Suriyaning Afrinida “terrorchilar avtokolonnasi”ga zarba berdi. Bu haqda Kun nashri xabar qilmoqda.

“PYD («Demokratik ittifoq” kurdlar partiyasi), YPG (kurdlarning o‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlari) va ISHIDning 30-40 transport vositasidan iborat kolonna 22 fevral kuni Afrin shahriga janubi-sharqiy yo‘nalishdan qarab harakatlangan. Turkiya Qurolli kuchlari artilleriyasi avtokolonnaga Afrindan 15 kilometrlik masofada zarba berdi», - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Afrin yaqin vaqt ichida o‘rab olinishini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya Suriyada “terrorchilar kolonnasi”ga zarba berilgani haqida ma’lum qildi