Qirg‘iziston maxsus xizmatlari aksilterrorchilik tadbirlarini o‘tkazmoqda

  • 20 noyabr 2015, 22:42
  • 5 702
  • Dunyo
  • Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi transport, energetika ob’ektlari, ma’muriy binolar va odamlar ko‘p to‘planadigan joylarda keng ko‘lamli aksilterrorchilik tadbirlarini o‘tkazmoqda. Bu haqda «RIA Novosti» Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib xabar beradi.

    Qirg‘iziston maxsus xizmatlari aksilterrorchilik tadbirlarini o‘tkazmoqda

    Parijdagi terrorchilik hujumlaridan so‘ng, Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariev respublika Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligiga xavfsizlik choralarini kuchaytirish, shuningdek, mamlakatda terrorchilik hujumlari tahdidining oshganligi munosabati bilan aholini ogoh bo‘lishga chaqirdi.

    «Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi aksilterrorchilik markazi tomonidan transport va kommunikasiya, energetika ob’ektlari, vazirliklar va boshqarmalar ma’muriy binolari, odamlar ko‘p to‘planadigan joylar – bozorlar, savdo markazlari, o‘quv muassasalari va boshqa hududlarda o‘quv va nazorat aksilterrorchilik tadbirlari o‘tkazilmoqda», — deb xabar beradi matbuot xizmati.


    Manba: Daryo.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Qirg‘iziston maxsus xizmatlari aksilterrorchilik tadbirlarini o‘tkazmoqda