14:31 / 24.02.2018
3 932

Trampning sobiq maslahatchisi yolg‘on so‘zlaganini tan oldi

Trampning sobiq maslahatchisi yolg‘on so‘zlaganini tan oldi
AQSH prezidenti Donald Trampning sobiq maslahatchisi va uning shtabi boshlig‘i Pol Manafortning hamkori Rik Geyts yolg‘on ko‘rsatmalar berish va til biriktirishdagi aybini tan oldi. Bu haqda Kun nashri xabar bermoqda.

Sud hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha, Geyts boshqa davlat manfaatlarini ilgari surgan holda AQSH hukumatiga qarshi fitnada ishtirok etgan. Bundan tashqari, u so‘roq vaqtida yolg‘on so‘zlaganini tan olgan.

Biroq Manafort o‘z aybini rad etmoqda.

Avvalroq AQSH bosh prokurori Robert Myuller Manafort va Geytsga pul yuvish aybini qo‘ygandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampning sobiq maslahatchisi yolg‘on so‘zlaganini tan oldi