19:22 / 25.02.2018
5 289

AQSHda spirtli ichimliklar do‘koni sohibasi bosqinchini otib qo‘ydi (video)

AQSHda spirtli ichimliklar do‘koni sohibasi bosqinchini otib qo‘ydi (video)
AQSHning Talsa (Oklaxoma shtati) shahrida bir erkak spirtli ichimliklar do‘konini tunamoqchi bo‘ldi, deya yozmoqda Darakchi nashri.

Lekin bosqinchi do‘kon sotuvchisining qurolli qarshiligiga duch kelgan.

Voqea Forest Acres Liquor do‘konida sodir bo‘lgan. Tayron Li (Tyrone Lee) ism-sharifli shaxs do‘kon sotuvchisidan kassadagi pullarni berishini talab qiladi. Pullarni olgan afroamerikalik jinoyat joyidan chiqib kegan-u, ammo yana qaytib kelgan va to‘pponcha bilan qurollangan do‘kon sohibasiga duch kelgan. Otishma natijasida ikala tomon ham yaralangan.

Voqea joyiga politsiya yetib kelgan va jinoyatchini qo‘lga olishgan. Taxminlarga ko‘ra, Tayron Li shaharda ro‘y bergan boshqa bosqinchiliklarga ham aloqasi bor. U og‘ir yaralanib, shifoxonaga yotqizildi. Do‘kon sohibasi esa yengil jarohat olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda spirtli ichimliklar do‘koni sohibasi bosqinchini otib qo‘ydi (video)