23:30 / 25.02.2018
5 494

Shimoliy Osetiyadagi daryo qizil rangga kirdi (video)

Shimoliy Osetiyadagi daryo qizil rangga kirdi (video)
Shimoliy Osetiyadagi Ardon daryosi qizil rangga kirdi. Bu haqda respublika tabiat vazirligida ma’lum qilingan.

Shundan keyin voqea joyiga tezkorlik bilan vazirlik mutaxassislari chiqqanlar.

Mutaxassislarning aniqlashicha, harorat iligani sababli sizot suvlar bir vaqtlar qazish ishlari olib borilgan, hozirda egasiz yotgan konga kira boshlagan. Buning oqibatida u yerdagi zanglagan quvurlar va loy yuvilib, tog‘ jinslari orasidan qizg‘ish rangga kirib chiqa boshlagan.

Ekologlarning fikricha, daryoning bunday ifloslanishi daryo faunasiga xavf solmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Osetiyadagi daryo qizil rangga kirdi (video)