26 fevralda Turkmanistonning Lebap viloyati ma’muriy markazi bo‘lgan Turkmanobod shahrida xalqaro aeroport ochilishi tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mahalliy OAVning ma’lum qilishicha, mahalliy xo‘jalik “Gundo‘gdi” tomondan qurilgan aeroport shahardan 13 km uzoqlikda hamda Ashxobod-Turkmanobod avtomobil yo‘li va Ashxobod-Kerki temir yo‘li yaqinida joylashgan.
Aeroport soatiga 500 yo‘lovchi o‘tkaza oladi. Uzunligi 3800 metr va eni 65 metr keladigan yangi uchish-qo‘nish polosasi parvozlarni ta’minlovchi zamonaviy vositalar – yorug‘lik-signal beruvchi va meteorologik tizimlar bilan jihozlangan. Bu tizimlar aeroportda barcha turdagi samolyotlarga xizmat ko‘rsatishga imkon beradi.
Omborlarga ega yuk terminali yiliga 200 ming tonna yukni qayta ishlashga mo‘ljallangan.
Aerodromda avtomatlashgan meteoroligik tizim, radiotexnik, yorug‘lik-signal beruvchi va ornitologik qurilmalar o‘rnatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi