22:43 / 27.02.2018
4 844

Uch oyoqli it ayolni o‘z joniga qasd qilishdan asrab qoldi

Uch oyoqli it ayolni o‘z joniga qasd qilishdan asrab qoldi
Uch oyoqli it 51 yoshli Mikael Fildni o‘z joniga qasd qilishdan asrab qoldi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Fild uzoq yillar mobaynida Elers-Danlos sindromi kasalligidan aziyat chekib keldi. Ahvoli og‘irlashgach, dard uni yengayotganligini his qildi. Mikaelning aytishicha, u divanda o‘tirib, o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lganda uch oyoqli iti Niki kuch bilan turtib yuborgan.

“Kutilmaganda Niki panjalari bilan qo‘limga qattiq urdi. U ilgari hech qachon bunday qilmaganidan shok holatiga tushdim. Itim o‘zining bu harakati bilan xayolimdagi o‘z jonimga qasd qilish fikrini batamom o‘chirib yubordi. Uning ko‘zlariga qarab, Nikini yolg‘iz qoldirib ketishim insofsizlik bo‘lishini angladim”, dedi ayol.

Mikael depressiyaga tushib qolganida, shifokorlar unga it boqib olishni tavsiya qilishgan. Ayol olti oy ilgari avtofalokat oqibatida bir oyog‘idan ajralgan Nikini boqish uchun olgan. Niki hech qayerda ta’lim olmaganiga qaramay, ayolning turli ruhiy zo‘riqishlarlarni yengishida katta yordam berib kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uch oyoqli it ayolni o‘z joniga qasd qilishdan asrab qoldi