06:30 / 28.02.2018
4 694

Umar (Frederik) Kanute – masjid qarzini to‘lagan, masjid qurgan futbolchi

Umar (Frederik) Kanute – masjid qarzini to‘lagan, masjid qurgan futbolchi
“Lion”, “Tottenhem”, “Sevilya” va Mali terma jamoasining sobiq futbolchisi Frederik Kanute aqlini tanib, Islomni qabul qilganida 20 yoshda edi.

Kanute Islomni dinim deb bilganidan so‘ng hayoti tubdan o‘zgara boshladi. U mashg‘ulotlar vaqtida namoz vaqti bo‘lib qolsa mashg‘ulotni tashlab, namoz o‘qishga shoshilar edi. O‘sha vaqtlarda “Sevilya” klubi bosh murabbiyi Xuande Ramos agar namozini tashlamasa, asosiy tarkibdan chetlatishini aytdi. So‘ngra maoshini qisqartirdi va jarimalar yukladi. Oxiri tushunib yetdiki, bu taqiqlar Kanuteni fikridan qaytara olmaydi.

Oxir oqibat Ramos jamoasi Kanuteni namozini o‘qib olgunicha mashg‘ulotlarni to‘xtatib turishga, o‘qib bo‘lgach davom ettirishga kelishishdi.

Frederik Islom dini bilan yaqindan tanishib chiqqanidan so‘ng, Umar roziyallohu anhuga havas qilgan holda, o‘ziga Umar ismini tanladi.

Umarning taqvosi yo‘lidagi yana bir sarguzashti tillarda doston bo‘lgan. “Sevilya” futbolchisi hisoblangan Umar, klubning bosh homiysi xisoblanmish 888.com – logotiplari tushirilgan futbolkalarda maydonga tushishdan bosh tortadi. Sababi, bu bukmekerlik idorasi bo‘lib, sport o‘yinlariga tikilgan pullardan foyda olar edi. Shariat tili bilan aytganda “Sudxo‘rlar idorasi”.

“Hech kimning pulini nohaq olishni xohlamayman. Bu yaxshi ish emas. Halol yashash men uchun juda muhim. To‘g‘ri yashashni xohlayman”, – deb eslaydi Umar.

Umarning Alloh yo‘lida qilgan solih amallari ham ko‘p. Shulardan biri, Sevilyadagi, soliqlardan qarzi ko‘payib yopilib ketgan masjidni o‘z hisobidan 700 ming yevro to‘lab qayta ochilishiga sababchi bo‘lgan.

Shuningdek, “Tottenhem” safida o‘ynayotganida ham o‘z hisobidan Anliyada yangi masjid qurdirgan.

Malilik musulmon bo‘lgan hujumchi 2007 yilda, Drogba va Essiyen kabi yulduzlarni ortda qoldirib, Afrika qit’asining eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan.

Islom qalbiga orombaxsh huzur olib kirganidan keyin, qahramonimiz biror marotaba ham, Islom arkonlarini biri bo‘lmish Ramazon ro‘zasini hattoki rasmiy uchrashuvlar bo‘lsa ham qoldirmagan.

“Ro‘za tutish bu shunchaki ovqat yemaslik yoki suv ichmaslik emas. Ro‘zador vaqtingizda siz iymoningiz mustahkamlanib, Allohga bo‘lgan sevgi va ishonchingiz yanada ortayotganini his qilasiz”.

Abduqodir NABIYEVning feysbuk sahifasidan olindi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Umar (Frederik) Kanute – masjid qarzini to‘lagan, masjid qurgan futbolchi