Internetda hindistonlik fermerning fil tomonidan hujumga uchrashi videosi paydo bo‘ldi. Ushbu video YouTube kanalida joylashtirilgan.
Voqea Andxra-Pradesh shtatidagi Bangarapet shahri yaqinida yuz bergan. Videoda fil erkakni ta’qib qilib, uni toptayotganini ko‘rish mumkin. Atrofdagi odamlar filni quvib yuborishga harakat qilishgan.
Hujum oqibatida 56 yoshli fermer halok bo‘lgan. O‘rmon xo‘jaligi departamenti uning oilasiga tovon puli sifatida 7,7 ming dollar to‘lab berishga rozi bo‘lgan.
Xabarda berilishicha, shahar aholisi anchadan beri yovvoyi hayvonlar tajovuzidan aziyat chekib keladi. Odamlar hukumatga hayvonlarni quvib yuborish iltimosi bilan murojaat qilganlariga qaramay, muammo hanuzgacha hal qilinmagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi