06:32 / 01.03.2018
6 372

Afg‘oniston prezidenti: “Tolibon”ni siyosiy guruh deb tan olamiz, ularga pasport beriladi

Афғонистон президенти: "Толибон"ни сиёсий гуруҳ деб тан оламиз, уларга паспорт берилади
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani “Tolibon” harakatini siyosiy guruh deb tan olinishini yoqlab chiqish qildi, deb xabar berdi Sof.uz nashri.

Telekanal xabariga ko‘ra, Ashraf G‘ani Afg‘oniston hukumati toliblar va ularning oila a’zolariga pasportlar berib, harakat yetakchilaridan sanksiyalarni olib tashlash bo‘yicha ish boshlashini ma’lum qilgan.

“Biz shuningdek, qamoqqa olingan toliblarning ozodlikka chiqarilishi ustida ishlaymiz”, — deb qo‘shimcha qilgan Afg‘oniston prezidenti.

Ashraf G‘ani shuningdek, hukumat tinchlik jarayoniga qo‘shilgan “Tolibon” a’zolari xavfsizligini ta’minlashini alohida ta’kidlagan. “Tinchlik muzokaralarida ”Tolibon“ fikrini inobatga olamiz”, — deya izoh bergan u.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi oylarda Afg‘onistondagi vaziyat keskin yomonlashgan. Mamlakatning qishloq tumanlaridagi kattagina hududlarni egallab olgan “Tolibon” radikal harakati yirik shaharlarga hujumga o‘tgan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘oniston prezidenti: “Tolibon”ni siyosiy guruh deb tan olamiz, ularga pasport beriladi