13:03 / 01.03.2018
5 600

AQSH generali: “Rossiyaning Markaziy Osiyodagi ta’siri AQSH uchun ushbu mintaqada muammo tug‘diradi”

AQSH generali: “Rossiyaning Markaziy Osiyodagi ta’siri AQSH uchun ushbu mintaqada muammo tug‘diradi”
Markaziy Osiyoda Rossiya ta’sirining saqlanib qolishi bu mintaqada AQSH uchun muammo yaratmoqda. Bu haqda seshanba kuni AQSH Qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi boshlig‘i Jozef Votel ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Xabar.uz.

“Rossiya sobiq Sovet ittifoqining bir qismi bo‘lgan Markaziy Osiyoda muhim ta’sirga ega. Bu biz uchun muammolarni keltirib chiqaradi, chunki Rossiya bosimi [bu mamlakatlar bilan] o‘zaro hamkorlik qilish imkoniyatlarini cheklab qo‘yishi va Moskvaga qo‘shimcha ta’sir ko‘rsatish imkonini berishi mumkin. Xususan, Afg‘onistondagi NATO kuchlari logistika borasida Markaziy Osiyodagi hamkorlarning yordamiga muhtojdir”, — dedi u AQSH Kongressi Vakillar palatasining Qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan majlisda.

Votelning so‘zlariga ko‘ra, “Rossiya 2014 yildan buyon bufer zonadagi ustuvor mavqeini tiklash maqsadida Yevrosiyo integratsiyasini kuchaytirmoqda”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH QK markaziy qo‘mondonligi “Markaziy va Janubiy Osiyoda, shu jumladan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonda AQSHning manfaatlarini ilgari suradi”.

“Garchi Markaziy Osiyo mamlakatlari AQSH bilan hamkorlik qilishga intilayotgan bo‘lsa-da, Rossiya, Xitoy va Eron bu hamkorlikka to‘sqinlik qilishga harakat qilishmoqda”, — dedi Votel.

“Shunday bosimga qaramasdan, ayrim mamlakatlar hukumatlari Afg‘onistondagi AQSH qo‘shinlari uchun mo‘ljallangan yuklarni tranzit qilishda davom etmoqda va umumiy manfaat yo‘lida AQSH bilan hamkorlik qilmoqdalar”. Amerika generali bunday sohalar qatorida chegara xavfsizligini ta’minlash, terrorizm va narkotik moddalar savdosiga qarshi kurashni sanab o‘tgan. Votel, shuningdek, AQSH mintaqadagi davlatlar bilan harbiy aloqalarni rivojlantirishda davom etishini qo‘shimcha qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH generali: “Rossiyaning Markaziy Osiyodagi ta’siri AQSH uchun ushbu mintaqada muammo tug‘diradi”