22:45 / 01.03.2018
5 195

Turkman ayollari 8 martda prezidentdan $11 sovg‘a olishadi

Turkman ayollari 8 martda prezidentdan $11 sovg‘a olishadi
8 mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan turk man ayollari mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov nomida 40 manat ($11) dan bayram sovg‘asi olishadi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Prezident farmoniga binoan mazkur sovg‘a turli davlat tashkilotlarida, xuususiy korxonalarda, muassasalarda ishlovchi, pensiyadagi, aspirantura va doktoranturada, klinik ordinaturalarda ta’lim oluvchi, Davlat xizmati akademiyasi tinglovchi xotin-qizlarga beriladi.

Shu bilan birga bayram sovg‘asidan talaba, maktab o‘quvchilari va bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilari bo‘lgan qizlar ham benasib qolmaydi.

Ayollarga 8 mart munosabati bilan 40 manatdan sovg‘a berishni Turmanistonning ilk prezidenti Saparmurot Niyozov an’anaga kiritgan edi. Turkmanistonda 40 manatga bir kiyimlik shtapel xarid qilish mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkman ayollari 8 martda prezidentdan $11 sovg‘a olishadi