23:01 / 01.03.2018
7 366

Qozog‘istonda ro‘y bergan dahshatli YTHda 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi (foto+video)

Qozog‘istonda ro‘y bergan dahshatli YTHda 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi (foto+video)
Bugun mahalliy vaqt bilan 04:30lar chamasida Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatida jiddiy yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.

“TengriNews” nashri xabariga ko‘ra, Sayotes qishlog‘i yaqinida “Oqtov – Beynov” avtoyo‘lida “Shacman” yuk mashinasi “Lada Largus” yengil avtomobili bilan to‘qnashib ketishi oqibatida “Lada Largus” haydovchisi va olti nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan.

Voqea yuzasidan Qozog‘iston JKning 345-moddasi bo‘yicha tergov olib borilmoqda.

O‘zbekiston Fevqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning olti nafari O‘zbekiston fuqarolaridir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda ro‘y bergan dahshatli YTHda 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi (foto+video)