00:30 / 02.03.2018
16 857

Usmoniy turklar sulolasining paydo bo‘lishi...(yoxud Ertug‘rul tarixiga bir nazar)

Usmoniy turklar sulolasining paydo bo‘lishi...(yoxud Ertug‘rul tarixiga bir nazar)
YANGI MASKAN IZLASH AMALI
Hozirga qadar Usmoniy turklar o‘tmishi, kechmishi, tarixi xususida ko‘plab filmlar yaratilgan, tarixiy maqolalar bitilgan. Lekin sulolaning qanday paydo bo‘lishi ham ko‘pchilikni qiziqtirishi tayin. Shuni hisobga olib, biz o‘sha olis tarixga siz bilan birgalikda nazar tashlashga ahd qildik…

Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, 13- asrda, aniqrog‘i, 1150 yillarda Yaqin sharqda “Kayi” turkmanlar qabilasi umrguzaronlik qilgan. Ular O‘rta Osiyodan Yaqin Sharqqa ko‘chib o‘tgan hisoblanib, unga qadar Xorazm shohi tasarrufida bo‘lgan. Qabilaga Sulaymonshoh ismli biy yetakchilik qilgan. Qabila a’zolari o‘sha davr talabiga ko‘ra ko‘manchi xalq sifatida hayot kechirgan. Qabilaning tirikchiligi asosan mol-qo‘y boqish, boshqa qabilalarga teri, jun va shu kabi mahsulotlarni sotishdan iborat bo‘lgan.

Sulaymonshoh yetakchilik jarayonida adolat, halollikka alohida e’tibor qaratardi. Rafiqasi Xaymi momo ota-onasi dushman tarafidan o‘ldirilgan, yoki xudoning xohishi bilan olamdan o‘tgan bolalarni asrab olib, boshini silardi. Shu sababli bo‘lsa kerak, bu oilani hatto qo‘shni qabiladagilar ham juda sevishardi.

Sulaymonshohning to‘rt o‘g‘li bo‘lgan. Ular Sungur tekin, Kuntug‘di, Ertug‘rul va Dindar bo‘lib, barchalari jangovar muhitda tarbiyalangan. Ammo to‘rt o‘g‘il orasida Ertug‘rulgina o‘ta jasur, bir so‘zli, qat’iyatli, to‘g‘ri so‘z, faqat xudodangina qo‘rquvchi yigit bo‘lib ulg‘aygan. U sir saqlashda ham tengsiz edi. Birovga bo‘lar-bo‘lmas gaplarni so‘zlamasdi. Kunto‘g‘di va Sungur tekin esa hiyla qo‘rqoq, oqimga qarshi suzishni xushlamasdi. Bu fe’li keyinchalik dushman bilan to‘qnash kelingan paytda aniq ko‘rinib qoldi…

Xullas, qabilaning muqim yashab turgan manzilida oylar o‘tib qurg‘oqchilik hukm sura boshladi. Bunday sharoitda tez orada chorva qirilib ketishi hech gap emasdi. Shunday kunlarning birida Sulaymonshoh biylar kengashini chaqirdi. Chunki har bir jiddiy reja qabiladagi obro‘li biylar kengashida muhokama qilinar, birgalikda bir qarorga kelinardi. Biylar Sulaymonshohning fikrini bir ovozdan tasdiqlashdi. Hammalari yangi manzil qidirib topishga qaror qilishdi. Ammo buning uchun jasur va kuchli jangchi zarur edi. Negaki, o‘sha davrlarda Yaqin sharqqa bir tomondan mo‘g‘ullar, ikkinchi tomondan “krestonoses”, “tampliyer”lar jiddiy xavf solardi. Ayniqsa, nasroniylar mahalliy aholini qirish, o‘z dinini targ‘ib qilishda faqat qilich, zo‘ravonlikdan foydalanardi. Bu yo‘lda hech kimni ayab o‘tirmasdi. Sulaymonshoh biylar bilan maslahatlashib, yangi maskan izlash uchun o‘g‘li Ertug‘rulni yuborishga ahd qildi. U yoniga o‘ziga yaqin jangchilarning bir nechtasini olib Aleppo amirligiga jo‘nadi. Agar ish o‘ngidan kelsa, biylar Aleppo amiriga yangi yer evaziga 2 ming nafar jangchi hadya etishni mo‘ljallashgandi.

Ertug‘rul amir bilan shaxsan uchrashib, qabiladoshlari iltimosini yetkazdi va iltimos qondirilib, ularga Aleppo yaqinidan sero‘t, sersuv manzil ajratildi. Lekin bu manzil yonboshida qadimiy qal’a bo‘lib, ichkarisi “krestonoses”lar bilan liq to‘la edi. Demak, ular “Kayi” qabilasiga bu yerlarda yashash uchun izn bermasligi aniq edi. Ammo Ertug‘rul nasroniy to‘dalar zug‘umidan qo‘rqib o‘tirmadi. Shu maskanga qabiladoshlarini olib kelishga astoydil bel bog‘ladi.

Manba: [leech=https://hordiq.uz/2018/03/01/usmoniy-turklar-sulola... [/leech]


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Usmoniy turklar sulolasining paydo bo‘lishi...(yoxud Ertug‘rul tarixiga bir nazar)