13:40 / 03.03.2018
3 920

Qirg‘izistonda militsiyani politsiyaga o‘zgartirish taklif qilinmoqda

Qirg‘izistonda militsiyani politsiyaga o‘zgartirish taklif qilinmoqda
Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isaqov militsiyani politsiyaga o‘zgartirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish borasida farmoyish berdi. Bu haqda u “Jinoyatchilikdan ogohlantirish va xavfsizlik siyosati” deb nomlangan konferensiya majlisida ta’kidlab o‘tdi, deb yozmoqda Tnews.uz sayti.

Isaqovning fikricha, gap bu yerda ichki ishlar organlarini mexanik ravishda o‘zgarishi haqida bormayapti. Uning aytishicha, militsiya bu harbiylashtirilgan tuzilma bo‘lib jamoatchilikka ta’siri juda ham kam, politsiyaning vazifasiga esa fuqorolar bilan mustahkam aloqada bo‘lish kiradi.

“Militsiya” nomi SSSRda ichki ishlar idoralariga nisbatan qo‘llanilardi. Ittifoq tarqalib ketganidan so‘ng sobiq sovet respublikalari tuzilma nomini “politsiya”ga o‘zgartirishdi. Qozog‘istonda qayta nomlash 1998 amalga oshgan bo‘lsa, Rossiyada 2011 yilda militsiya politsiyaga aylandi.

2017 yilning 9 noyabr kuni Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isaqov Patrul militsiyasi Bosh boshqarmasini tarqatib yubordi va uning o‘rnida Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash Bosh boshqarmasini tuzdi. Yangi muassasada yana yo‘l-post xizmati polki paydo bo‘ldi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonda militsiyani politsiyaga o‘zgartirish taklif qilinmoqda