18:26 / 03.03.2018
7 081

Hindistonda yo‘lbars va ayiqning shafqatsiz kurashi videoga olindi (Video)

Hindistonda yo‘lbars va ayiqning shafqatsiz kurashi videoga olindi (Video)
Hindistonda yo‘lbars va ayiqning shafqatsiz olishuvi videoga olindi, deb xabar qildi Darakchi.uz nashri.

Mazkur rolikni Hindistonning Maxarashtra shtatidagi Tadoba milliy parkida sayyohlar tomonidan videoga olingan. Ayiq bolalari bilan paydo bo‘lganda, Matsakur nomli yo‘lbars suvda cho‘milayotgan edi. U o‘z hududida yurgan “begona”larni ko‘rib, ayiqlarni haydashga qaror qildi.

Natijada yo‘lbars va ayiqning o‘rtasida shafqatsiz olishuv boshlandi. Ona ayiq bolalarini himoya qilib, yo‘lbarsni haydab yuborishga muvaffaq bo‘ldi.

Ekolog Anish Andxeria (Anish Andheria) ning aytishicha, kurash natijasini odatiy hol deb bo‘lmaydi, chunki yo‘lbarslar ayiqqa qaraganda kuchli hayvon hisoblanadi. Mazkur ayiq juni qalin ayiqlar turiga tegishli bo‘lgani bois yo‘lbars unga tan jarohati yetkaza olmagan.

Mazkur voqea aks etgan videoni quyidagi HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda yo‘lbars va ayiqning shafqatsiz kurashi videoga olindi (Video)