Rossiyaning Orenburg viloyati Akubulak tumanida davlat chegarasidan 44 tonna nosvoyni noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi ustidan sud hukmi o‘qildi, deb xabar qilmoqda Rossiya prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib Sof.uz nashri.
Sudda xabar berilishiga ko‘ra, 2016 yilning iyul oyida O‘zbekiston fuqarosi bir necha kishilar bilan birgalikda Rossiya Federatsiyasi hududiga Qozog‘iston orqali 44 tonnadan ortiq nosvoy olib kirish vaqti qo‘lga olingan.
Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, ushbu turdagi mahsulotni, inson sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgani tufayli, Rossiya hududida sotish, tashib o‘tish ta’qiqlangan.
O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan Rossiya JKning 30, moddasining 3 qismi, 238 modddasining 2 qismiga binoan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. (Bir guruh shaxslar tomonidan aholi sog‘lig‘iga zarar keltiruvchi mahsulot tashib o‘tkazishga urinish)
Ushbu noqonuniy faoliyati uchun jinoyatchiga 1 yil qamoq jazosi, va 100 ming rubl jarima solindi. Undan tashqari jinoyatchi, aholi sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi mahsulotni aniqlash, va yo‘q qilish bo‘yicha 250 ming rubl davlat xarajatlarini qoplashi kerak bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi