20:30 / 05.03.2018
4 679

Qirg‘izistonda lochin oviga ruxsat beriladi

Qirg‘izistonda lochin oviga ruxsat beriladi
Qirg‘iziston atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi davlat agentligi vahshiy qushlarni boqish va ulardan foydalanish qoidalarini jamoatchilik muhokamasiga kiritdi. Lochin, burgutlardan foydalangan holda ovlash, ularni saqlash va ulardan foydalanish huquqi faqatgina ovchi maqomiga ega bo‘lgan kishilarga taqdim etiladi.

Qirg‘iziston Qizil kitobiga kiritilgan qushlarni ovlash cheklovi ham joriy etiladi. Ya’ni bir yilda jami qushlarning 1 foizdan ortig‘ini ushlash taqiqlanadi.

Har bir ushlangan qushning aniqlik raqami, ya’ni pasporti bo‘ladi. Qoidalarda lochin, burgutlarni saqlash shartlari, qafas hajmi, materiali, havo harorati kabilarga doir raqamlar ham qayd etiladi.

Madaniy, ko‘ngilochar tadbirlar va namoyish etish maqsadida ovchi qushlarning salomatligiga ziyon yetkazuvchi dori vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.

Agar qush ovlash qobiliyatini yo‘qotsa, uning egasi qushni boqishi, yoxud boqa oladigan idoraga yoki kishi ixtiyoriga berishi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonda lochin oviga ruxsat beriladi