Dvigateli ishlamay qolgan samolyot Bishkek shahriga shoshilinch qo‘nishni amalga oshirdi, deb xabar berdi Darakchi nashri.
Yakshanba kuni Qirg‘izistonning Tez Jet aviakompaniyasiga tegishli RJ-85 rusumli samolyoti Bishkekning Manas aeroportida shoshilinch qo‘nishni amalga oshirdi.
Nashrning xabar berishicha, samolyot Moskva vaqti bilan 14:22 da Qirg‘iziston poytaxtidan Batken shahri tomon parvozni amalga oshirgan. Biroq oradan ko‘p vaqt o‘tmay, samolyot uchuvchisi shoshilinch qo‘nishga ruxsat so‘ragan. Havo kemasining chap dvigateli ishlamay qolgani sababli ekipaj komandiri parvozni to‘xtatishga qaror qilgan.
Samolyot Bishkek aeroportiga talafotsiz qo‘ndi. Favqulodda vaziyat yuz bergan vaqtda bortda 96 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur samolyot bortida bo‘lgan yo‘lovchilardan biri bo‘lgan voqeani videoga olgan.
Ushbu >>>VIDЕOda yo‘lovchilarning qo‘rqqanidan yig‘lab, iltijo qilganini, samolyot yerga qo‘nganidan keyin qarsak chalib, uchuvchini olqishlashganini ko‘rish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi