20:12 / 07.03.2018
6 126

Aqto‘be fojiasi yuzasidan yangi tafsilotlar ma’lum qilindi

Aqto‘be fojiasi yuzasidan yangi tafsilotlar ma’lum qilindi
Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida avtobus yonishi natijasida 52 kishining qurbon bo‘lishi yuzasidan ochilgan jinoiy ish doirasida transport vositasining egasi hamda haydovchisi tekshirilmoqda, deya xabar beradi Qalampir nashri “Kazinform” agentligi xabariga asosan.

“Jinoiy ish bilan IIVning eng malakali mutaxassislardan iborat tergov-operativ guruhi shug‘ullanmoqda. Ish O‘zbekiston Respublikasi huquq-tartibot idoralari bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirilmoqda”, degan viloyat ichki ishlar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Yernat Kaliakparov.

Jurnalistlarning avtobus egasi ham ishga jalb qilinadimi, degan savoliga u “nafaqat haydovchilar, balki avtobus egasi ham tekshirilyapti”, deya javob bergan.

Bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida, Ye.Kaliakparovning so‘zlariga qaraganda, mamlakat ichki ishlar vazirligi yo‘lovchilarni tashish xizmatlarini ko‘rsatadigan korxonalar, transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazadigan tashkilotlar hamda sug‘urta kompaniyalari faoliyatini o‘rganmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 18 yanvar kuni Aqto‘be viloyatidagi avtomobil trassasida avtobusning yonib ketishi oqibatida 52 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. 5 kishi, jumladan, 3 qozog‘istonlik va 2 o‘zbekistonlik omon qoldi. Oradan ko‘p o‘tmay avtobusning uch nafar haydovchisi hibsga olinib, ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Qayd etish kerakki, bu fojiadan keyin Aqto‘be viloyatida yuz bergan yana ikkita YTHda o‘zbekistonliklar jabrlandi.

25 fevral kuni Xromtau tumanidagi Jariq posyolkasi yaqinida “Samara – Chimkent” trassasida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, unda 7 nafar yurtdoshimiz jarohatlandi.

5 mart kuni mazkur viloyat hududidan o‘tuvchi “Samara-Chimkent” avtomobil yo‘lida harakatlanayotgan “KAMAZ” yuk mashinasi bilan “Opel-Astra” yengil avtomashinasining to‘qnashuvi natijasida 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Aqto‘be fojiasi yuzasidan yangi tafsilotlar ma’lum qilindi