Turkish Airlines samolyoti portlash tahdidi ostida favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

  • 22 noyabr 2015, 18:12
  • 4 984
  • Dunyo
  • Turkiyaning Turkish Airlines aviakompaniyasiga tegishli Airbus A330 samolyoti portlash xavfi sabab Galifaks shahri aeroportida favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda, Flightradar24’ga asoslanib, «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

    Turkish Airlines samolyoti portlash tahdidi ostida favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

    Layner Nyu-Yorkdan Istanbulga uchib ketayotgan edi. Qayd etishlaricha, qo‘nish muvaffaqiyatli amalga oshgan, yo‘lovchilarga jabr etmagan.

    Hodisa joyiga mahalliy ma’muriyat vakillari va qutqaruv xizmatlari etib kelgan.

    Avvalroq Air France aviakompaniyasining Parijdan San-Fransiskoga uchayotgan Boeing 777-200 layneri, aeroportga qaytish arafasida, La-Mansh bo‘g‘ozi ustida g‘alati burilishni amalga oshirgani ma’lum bo‘lgandi.

    Radarlarda Fransiya aviatashuvchisining samolyoti, Parijdagi Sharl-de-Goll aeroportiga qaytishdan avval, bo‘g‘oz ustida U harfi ko‘rinishida burilishni amalga oshirgani qayd etilgan.

    Ma’lum bo‘lishicha, layner uchuvchisi hech qanday favqulodda holat haqida xabar bermagan va samolyot havoga ko‘tarilganidan 30 daqiqa o‘tib, uni muvaffaqiyatli qo‘ndirgan.


    Manba: Daryo.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Turkish Airlines samolyoti portlash tahdidi ostida favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi