17:11 / 08.03.2018
7 183

Putin Trampning rafiqasini qanday aldagani haqida hikoya qilib berdi

Putin Trampning rafiqasini qanday aldagani haqida hikoya qilib berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin jurnalist Vladimir Solovyovning “Jahon tartibi 2018” nomli hujjatli filmida AQSH prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melanya Tramp bilan nima haqida gaplashgani va uni nima deb aldaganini hikoya qilib berdi.

Putinning aytishicha, o‘tgan yil Hamburgda o‘tgan “G 20” davlatlari yig‘ilishi doirasida kechgan suhbat chog‘ida ular AQSHning birinchi xonimi bilan Sibir yo‘lbarslari, Kamchatka ayiqlari va albatta baliq ovlash haqida gaplashishgan.

“Albatta, men ovlagan balig‘imning ulkanligi haqida biroz mubolag‘a qildim. Lekin baliq ovi haqida gapirayotganda ozgina bo‘rttirilmasa, suhbatning qizig‘i qolmaydi”, deydi Putin hazillashib.

Solovyov suratga olgan bu hujjatli film oxirgi kunlarda butun dunyoda keng muhokamaga sabab bo‘lmoqda. Unda Putinning yadro quroli haqida aytgan gaplari ayniqsa shov-shuvlarga sabab bo‘lmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Trampning rafiqasini qanday aldagani haqida hikoya qilib berdi