Bashar Asad Suriya masalasida Moskvada bo‘ladigan muloqotda qatnashishga tayyorligini bildirdi

  • 22 noyabr 2015, 20:31
  • 5 632
  • Dunyo
  • Suriya prezidenti Bashar Asad mamlakatdagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha Rossiya poytaxti Moskvada tashkil etiladigan muloqotda qatnashishga tayyor ekanligini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Gazeta.ru».

    Bashar Asad Suriya masalasida Moskvada bo‘ladigan muloqotda qatnashishga tayyorligini bildirdi

    «Suriyadagi inqirozni hal etishda eng asosiysi — suriyaliklarning o‘zi nimaga kelishishi. Buning uchun muloqot zarur. Shu sababli ham Moskvaga tashrifim davomida «Moskva-3» muzokaralariga tayyor ekanligimizni ma’lum qildim. Chunki, Venadagi yoki boshqa istalgan uchrashuvlarda aytilgan gaplarga qaramay, biz muloqotga muhtojmiz», — dedi Bashar Asad Gongkongning Phoenix TV telekanaliga bergan intervyusida.

    Bashar Asadning qayd etishicha, «Iroq va Shom islom davlati» terrorchilik tashkilotiga qarshi kurashga Rossiya Qurolli kuchlari ham qo‘shilganidan so‘ng, Suriyadagi vaziyat nisbatan yaxshilangan.


    Manba: Daryo.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Bashar Asad Suriya masalasida Moskvada bo‘ladigan muloqotda qatnashishga tayyorligini bildirdi