10:50 / 09.03.2018
4 985

Kim Chen In yadro dasturini to‘xtatishga va’da berdi

Kim Chen In yadro dasturini to‘xtatishga va’da berdi
Janubiy Koreya prezidentining xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Chon Iy Yon xabariga ko‘ra, u bilan muzokaralar olib borgan KXDR yetakchisi Kim Chen In raketa va yadroviy sinovlarni to‘xtatishga tayyor ekanini bildirgan. Bu haqda Kun.uz nashri xabar qilmoqda.

“Men AQSH prezidenti Donald Trampga Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuv chog‘ida u yadro qurolidan xoli hududga aylanish bo‘yicha pozitsiyaga ega ekanini aytgani haqida ma’lum qildim. Kim Shimoliy Koreya bundan keyin yadroviy hamda raketa sinovlaridan tiyilishiga va’da berdi”, - deya aytib o‘tdi Chon Iy Yon.

Avvalroq Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQSH prezidenti Donald Trampga uchrashuv o‘tkazish taklifini yo‘llagani xabar berilgandi. Tramp Kim Chen Inning may oyigacha uchrashish taklifiga rozilik bergan. Bu haqda Janubiy Koreya prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Chon Iy Yon Tramp bilan muzokaralardan keyin ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim Chen In yadro dasturini to‘xtatishga va’da berdi