08:43 / 10.03.2018
10 918

Avstraliyada “mahluq-baliq” topildi (foto)

Avstraliyada “mahluq-baliq” topildi (foto)
Avstraliyaning Kvinslend shtati sohillarida ko‘rinishi etni junjituvchi katta baliq topildi. Bu haqda mahalliy Courier Mail nashri xabariga tayanib Kun.uz ma’lum qildi.

Baliqni plyajda bir juftlik aniqlagan.

“U 150 kg tosh bossa kerak, u juda katta edi”, deb aytgan baliq topilganini ma’lum qilgan Jon Lindxolm.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari orasida “mahluq-baliq”ning qaysi turga mansubligi borasida bahs chiqqan. Ko‘pchilik baliq gruperlar turiga mansub, degan xulosaga kelgan.

Bu taxminni mahalliy mutaxassislar ham tasdiqlashgan. Ularning aytishicha, ushbu baliq Kvinslend gruperi bo‘lib, uni ovlash qat’iy taqiqlangan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliyada “mahluq-baliq” topildi (foto)