10:15 / 10.03.2018
4 227

Tramp Kim Chen In bilan uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapti

Tramp Kim Chen In bilan uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapti
AQSH prezidenti Donald Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan ehtimoliy uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda hamda qator idoralar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazmoqda. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders aytib o‘tgan.

“Prezident bir qancha vaqt davomida bunga tayyorgarlik ko‘radi, uni razvedka hamjamiyati, milliy xavfsizlik bo‘yicha jamoa bilan muntazam brifinglarda muhokama qilyapti”, - deya aytib o‘tdi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSH prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen Inning ehtimoliy uchrashuviga izoh berib, u shunchaki suhbat emas, balki yadro muammosini hal etishga yo‘l ochishi kerakligini ta’kidlab o‘tgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Kim Chen In bilan uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapti