14:56 / 13.03.2018
4 346

Janubiy Koreya prezidenti butun dunyo uchun "katta o‘zgarish" haqida gapirdi

Жанубий Корея президенти бутун дунё учун "катта ўзгариш" ҳақида гапирди
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning ma’lum qilishicha, rejalashtirilayotgan Koreyalararo va Amerika-Shimoliy Koreya sammiti Koreya yarim orolida tinchlikni o‘rnatish uchun sharoitlar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

TASS xabariga asoslanib Kun nashrining bergan ma’lumotiga ko‘ra, u bu haqda o‘zining katta maslahatchilari va yordamchilari bilan muloqot chog‘ida aytib o‘tgan.

«Koreya yarim orolida yadro qurolidan xoli hududga aylantirish va tinchlik o‘rnatish uchun sharoitlar paydo bo‘ldi. Agarda sammitlar muvaffaqiyatli o‘tsa, bu butun dunyo uchun katta o‘zgarishlarni olib keladi», - deya aytib o‘tdi u.

Janubiy Koreya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, barcha tomonlar bu tarixiy imkoniyatdan foydalanishi kerak.

Shu bilan birga, Mun Chje In ijobiy natijalarga ortiqcha ishonib yubormaslikka chaqirdi, sababi hozircha hech kim Koreya yarim orolidagi vaziyatni keskin o‘zgartira olmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreya prezidenti butun dunyo uchun "katta o‘zgarish" haqida gapirdi