Hindistonda hukumat qo‘shinlari bilan otishmada to‘rt nafar jangari ayol o‘ldirildi

  • 23 noyabr 2015, 17:55
  • 6 124
  • Dunyo
  • Hindiston markazidagi Chxattisgarx shtatida hukumat qo‘shinlarining isyonchilar bilan to‘qnashuvi oqibatida kamida to‘rt nafar maochi ayol o‘ldirilgan, jangarilar guruhi etakchisi esa yaralangan. Bu haqda shtat polisiyasi ma’lum qildi, deya xabar beradi «TASS».

    Hindistonda hukumat qo‘shinlari bilan otishmada to‘rt nafar jangari ayol o‘ldirildi

    «Jangarilar guruhini yo‘q qilish bo‘yicha maxsus operasiya maxsus bo‘linma tomonidan huquq-tartibot idoralari bilan birgalikda maochilar nazorati ostida bo‘lgan Sukma okrugida o‘tkazildi. Qaqshatqich otishmalar davomida kamida to‘rt nafar jangari ayol o‘ldirildi, shuningdek, maochilar etakchisi yaralandi. Qolgan jangarilar katta miqdorda qurol-aslaha va o‘q-dori zaxiralarini qoldirib, to‘qnashuv joyidan qochgan», — deya ta’kidladi Chxattisgarx polisiyasining rasmiy vakili.

    Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, josuslar etkazgan axborot yordamida fosh etilgan guruh mintaqadagi bir qancha, xususan, 2013 yil mart oyida Jiram vodiysida uyushtirilgan hujumlarda ishtirok etgan. Mazkur hujum oqibatida 31 kishi, jumladan, Hindiston milliy kongressi partiyasi mintaqaviy bo‘limi rahbarlari halok bo‘lgandi.

    Maochi jangarilar (ularni naksalitlar deb ham atashadi) mamlakatning Bixar, Chxattisgarx, Jarkxand, Orissa, Maxarashtra shtatlari changalzorlarida yashiringan bo‘lib, markaziy hukumatga qarshi kurash olib boradi, mansabdorlar va huquq-tartibot idoralari xodimlariga hujum uyushtiradi. Hindiston ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘n yil mobaynida maochilar lagerida kamida 40 ming jangari tayyorgarlikdan o‘tgan. 2014 yilning o‘zida 150 ga yaqin kishi ularning qurboni bo‘lgan.

     

    Manba: Daryo.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Hindistonda hukumat qo‘shinlari bilan otishmada to‘rt nafar jangari ayol o‘ldirildi