06:30 / 15.03.2018
5 500

Erkak mashinasini qo‘yishga xalaqit qilayotgan “Jiguli”ning bir qismini kesib tashladi (video)

Erkak mashinasini qo‘yishga xalaqit qilayotgan “Jiguli”ning bir qismini kesib tashladi (video)
Internetda bir erkak ko‘p qavatli uylar hovlisida turgan o‘zganing “Jiguli” mashinasining orqa qismini “bolgarka”da kesib tashlayotgani videosi jadal tarqalmoqda.

Videoda boshqa bir erkak mashinasining shikastlangan bamperini telefonga olayotgani va sal narida boshqa bir haydovchi “bolgarka” bilan noto‘g‘ri qo‘yilgan “Jiguli” yoniga borib, uning xalaqit qilayotgan qismini kesib tashlayotganini ko‘rish mumkin.

Jarayonni telefonga olayotgan erkak mashinani kesib tashlayotgan erkakdan u nima uchun bunday qilayotganini so‘raganda, “U har doim mashinasini shunday qo‘yadi. Men mashinamni boshqachasiga qanday qo‘ya olaman?”, deb javob qiladi.

Erkak mashinaning xalaqit qilayotgan qismini kesib tashlagach, mashinasini o‘ziga tegishli joyga muammosiz qo‘ya oladi.

Ushbu rolik Facebook foydalanuvchilari orasida jadal tarqaldi. Videoga berilgan izohlarda ko‘pchilik ushbu video sahnalashtirilgan, degan fikr bildirishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erkak mashinasini qo‘yishga xalaqit qilayotgan “Jiguli”ning bir qismini kesib tashladi (video)