08:33 / 17.03.2018
4 311

Gruziyadagi osma yo‘lda jiddiy avariya yuz berdi (video+foto)

Грузиядаги осма йўлда жиддий авария юз берди (видео+фото)
Gruziyaning Gudauri tog‘-chang‘i kurortidagi osma yo‘lda avariya yuz berishi oqibatida kamida 11 kishi turli og‘irlikdagi jarohatlar oldi. Voqea 16 mart kuni yuz bergan, deb ma’lum qiladi Kun nashri.

Voqea guvohlari yuz bergan holatni mobil telefonlariga qayd qilganlar.

Videoda osma yo‘lning harakatlanuvchi elementlari belgilangandan ancha tezroq harakatlanayotgani ko‘rish mumkin. Bunga esa osma yo‘lda elektr energiya o‘chib qolgani va o‘rindiqlarni ushlab turuvchi tizimlar ishlamay qolgani sababli o‘rindiqlar orqa yo‘nalishda katta tezlikda tushgani sabab bo‘lgan.

Buning oqibatida osma yo‘ldagi bir qism odamlar o‘rindiqlaridan tushib ketganlar, qolganlari esa osma yo‘lning burilish qismida hosil bo‘lgan o‘rindiqlar uyumiga borib urilmaslik uchun pastga sakray boshlaganlar.
Osma yo‘l to‘xtab qolgandan keyin yuqorida qolib ketgan odamlar qutqaruvchilarni kutishlariga to‘g‘ri kelgan.

O‘tgan hafta Gruziya OAVda osma yo‘l ishida nosozliklar kuzatilayotgani ma’lum qilingan.

Foto: instagram.com\cooklikearockstar

Foto: instagram.com\cooklikearockstar

Foto: instagram.com\cooklikearockstar

Foto: instagram.com\cooklikearockstar


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gruziyadagi osma yo‘lda jiddiy avariya yuz berdi (video+foto)