03:38 / 19.03.2018
5 738

Nazarboyev Ostonada Berdimuhamedovning o‘g‘li bilan uchrashdi

Nazarboyev Ostonada Berdimuhamedovning o‘g‘li bilan uchrashdi
15 mart kuni Ostonada Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li, Turkmaniston parlamenti — Mejlisi qo‘mitasi raisi Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tnews.uz sayti yozmoqda.

Serdar Berdimuhamedov Ostonaga Turkmaniston Mejlisi raisi Akja Nurberdiyeva boshchiligidagi delegatsiya tarkibida keldi.
Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati payshaba kuni kechqurun tarqatgan xabarga qaraganda, Nazarboyev Qozog‘iston va Turkmaniston o‘rtasidagi ikki tomonlama muloqotlarning rivojlanishi va mustahkamlanishi muhimligini ta’kidladi va Turkmaniston prezidentining faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi. Matbuot xizmatining xabar qilishicha, Qozog‘iston prezidentiga “Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning shaxsiy maktubi topshirildi”.

Poytaxtda 15 mart kuni Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvidan avval Nazarboyevning Qirg‘iziston,Tojikiston va O‘zbekiston rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Nazarboyevning Turkmaniston parlamenti raisi Akja Nurberdiyeva bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmadi.
36-yoshli Serdar Berdimuhamedov 25 mart kuni Turkmanistonda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida nomzod sifatida ishtirok etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nazarboyev Ostonada Berdimuhamedovning o‘g‘li bilan uchrashdi