03:47 / 19.03.2018
5 227

Emomali Rahmon: «Tojikiston o‘z qo‘shnilarini hech qachon suvsiz qoldirmaydi»

Emomali Rahmon: «Tojikiston o‘z qo‘shnilarini hech qachon suvsiz qoldirmaydi»
Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida qo‘shma bayonot qabul qilindi va shu formatda har yili uchrashib turishga kelishib oldilar. Bu haqda «Tnews» xabar berdi.

Tojikiston prezidenti matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, Emomali Rahmon o‘z chiqishida, jumladan mintaqadagi barcha davlatlar manfaatlarini hisobga olib suv-energetik zahiralardan samarali va oqilona foydalanish mintaqa davlatlari hamkorligining asosiy yo‘nalishlaridan bir ekanligini ta’kidladi. Uning aytishicha, bu mintaqa farovonligi va barqaror rivojlanishi yo‘lidagi bosh omillardan biridir.

“Men bir necha bor yuqori minbarlar, jumladan BMT minbaridan Tojikiston suvdan foydalanish masalalari borasida hech qachon qo‘shnilariga muammolar tug‘dirmagani va tug‘dirmasligini aytganman. Bugun men yana bir bor biz qo‘shnilarimizni suvsiz qoldirmasligimizni ta’kidlab o‘tmoqchiman”, dedi Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon.

Emomali Rahmon amaldagi va qurilayotgan gidroenergetik inshoatlar mintaqadagi suv-energetik muammolarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Tojikiston rahbari shuningdek, madaniy-gumanitar va ilmiy-texnik sohada hamkorlikni kengaytirish borasida ham aytib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha bu sohada hamkorlikn mustahkamlash mintaqa mamlakatlari va xalqlarining madaniy-ma’rifiy yaqinlashuvi yo‘lida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi, deya xabar beradi TR prezidenti matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Emomali Rahmon: «Tojikiston o‘z qo‘shnilarini hech qachon suvsiz qoldirmaydi»