15:16 / 19.03.2018
4 480

Saudiya Arabistoni hukumati poraxo‘rlardan 100 mlrd dollar «qoqib oldi»

Saudiya Arabistoni hukumati poraxo‘rlardan 100 mlrd dollar «qoqib oldi»
2017 yil noyabrida 11 shahzoda va to‘rt vazir hibsga olingach, Saudiya Arabistoni hukumati byudjetga qariyb 100 milliard dollarni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda qirollik valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon CBS telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Summa 100 milliard dollardan oshadi. Ammo asl maqsadimiz shunday yoki boshqa miqdordagi pul emasdi. G‘oya pul olishdan iborat emasdi, balki, poraxo‘rlarni jazolash va poraxo‘rlik ishlariga aralashganlar qonun oldida javob berishi haqida aniq signal yuborishdan iborat edi», — dedi u.

2017 yil noyabrida Saudiya Arabistonining Muhammad bin Salmon rahbarlik qiladigan korrupsiyaga qarshi milliy qo‘mitasi shahzodalar, oliy mansabdorlar va biznesmenlardan iborat qariyb 200 kishini hibsga olgandi. Ular pul yuvish, hokimiyatni suiiste’mol qilish va davlat mablag‘ini sarflab yuborishda ayblangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistoni hukumati poraxo‘rlardan 100 mlrd dollar «qoqib oldi»