Chechenistonda O‘zbekistonning besh fuqarosi qo‘lga olindi

  • 20 mart 2018, 16:45
  • 3 607
  • Dunyo
  • Chechenistonda O‘zbekistonning besh fuqarosi qo‘lga olindi
    Checheniston poytaxti Grozniyda O‘zbekistonning besh fuqarosi mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan rejali reyd tadbirlari davomida qo‘lga olindi. Ular rasmiy ro‘yxatdan o‘tmay yashashgan, bu esa Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lishning qonunchilik bilan o‘rnatilgan rejimini buzish sanaladi.

    Rossiya sud ijrochilari federal xizmatining Checheniston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmati xabariga tayanib Kun.uz yozmoqda.

    Sud qo‘lga olingan o‘zbekistonliklarni RFda bo‘lish rejimini buzganlikda aybdor deb topdi, ularga nisbatan 2 ming rubl miqdorida jarima tayinlandi. Shuningdek, ushbu 5 shaxs Rossiyadan chiqarib yuboriladigan bo‘ldi.

    Sud ijrochilari tegishli hujjatlar tayyor bo‘lganidan so‘ng qoidabuzarlarni Moskvadagi “Vnukovo” aeroportiga olib borishdi hamda “Moskva-Toshkent” aviareysiga o‘tkazib yuborishgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Chechenistonda O‘zbekistonning besh fuqarosi qo‘lga olindi