18:53 / 20.03.2018
5 283

Emomali Rahmon tojik tili va madaniyatini himoya qilishga chaqirdi

Emomali Rahmon tojik tili va madaniyatini himoya qilishga chaqirdi
Tojikiston rahbari Emomali Rahmon bayonot berib tojik tilini hurmat qilish tojik ziyolilari oldida turgan birinchi raqamli vazifa ekanligini aytdi. Bu haqda Tnews.uz sayti yozmoqda.

«Biz faxr bilan “tojik millati”, “tojik tili”, “tojik adabiyoti” degan so‘zlarni ishlatishimiz kerak. Biz bu so‘zlarni onamiz va Tojikistonni sevgandek sevishimiz kerak», — dedi davlat rahbari dushanba kuni mamlakat ziyolilari bilan Tojikiston Milliy kutubxonasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.

Tojikiston prezidentining ziyolilar bilan ananaviy uchrashuvi Xalqaro Navro‘z bayrami arafasida bo‘lib o‘tdi. Emomali Rahmon ziyolilarni milliy manfaatlarni himoya qilishga chaqirdi. «Biz milliy manfaat va milliy birlikni mustahkamlashda zamonaviy tojik ziyolilari imkoniyatlaridan foydalanishimiz kerak», — dedi prezident.

Uning so‘zlariga qaraganda, ziyolilarning vakilari milliy qadriyatlar va tojik tili haqida gap borayotgan bir vaqtda chetda kuzatuvchi bo‘lib turishi kerak emas, ular aniq va qo‘rqmasdan fikr bildirishlari vav raqiblarga zarba berishlari kerak. «Siz o‘z dinini va o‘z xalqini yot homiylarga sotgan, o‘zini tojik deb atashga ma’naviy haqqi bo‘lmaganlarga qarshi keskin fikr bildirishingiz va ularni qoralashingiz kerak», — deya ta’kidladi Emomali Rahmon.

Tojikiston prezidenti huzuridagi strategik tadqiqotlar Markazi direktorining birinchi o‘rinbosari Sayfullo Safarovning so‘zlariga qaraganda, mamlakat rahbariyati davom etib kelayotgan davlat tili to‘g‘risidagi bahslarga nuqta qo‘yishga qaror qilgan. «Xukumat va tilshunos olimlarning mavqei o‘zgarmagan – Tojikistonda bitta davlat tili bor va u fors tili emas, balki tojik tilidir», -dedi Safarov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Emomali Rahmon tojik tili va madaniyatini himoya qilishga chaqirdi