Malidagi mehmonxonaga uyushtirilgan hujum qurbonlari soni 20 kishidan oshdi

  • 24 noyabr 2015, 14:06
  • 4 295
  • Dunyo
  • Mali poytaxti Bamakodagi Radisson mehmonxonasiga terrorchilar uyushtirgan hujum qurbonlari soni 22 kishiga etdi. Bu haqda tergov guruhi rahbari, prokuror Bubakar Siddiqiy Samake 23 noyabr, dushanba kuni ma’lum qildi, deya xabar beradi «TASS».

    Malidagi mehmonxonaga uyushtirilgan hujum qurbonlari soni 20 kishidan oshdi

    «Mehmonxonaga hujum va u erdagi kishilarni garovga olinishi oqibatida jami 22 kishi, jumladan, ikki nafar jangari halok bo‘lgan. To‘qqiz kishi jarohatlangan», — deya ta’kidlagan Samake.

    Prokurorning aytishicha, hujumni ikki nafar terrorchi uyushtirgan. Mazkur hodisada omon qolganlarning fikriga ko‘ra esa, jangarilar soni bundan ko‘p bo‘lgan. Tergov harakatlari doirasida Bamakoda tintuvlar o‘tkazilmoqda.

    Eslatib o‘tamiz, 20 noyabr, juma kuni jangarilar Mali poytaxti Bamakodagi Radisson mehmonxonasiga hujum qilib, 170 kishini garovga olgan. Mamlakat prezidenti Ibragim Bubakar Keyta mazkur hujum oqibatida 19 kishi halok bo‘lganini bildirgandi.


    Manba: Daryo.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Malidagi mehmonxonaga uyushtirilgan hujum qurbonlari soni 20 kishidan oshdi