10:38 / 24.03.2018
4 302

Tramp: “AQSH dunyodagi eng qudratli yadro kuchlariga ega”

Tramp: “AQSH dunyodagi eng qudratli yadro kuchlariga ega”
AQSH prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar dunyodagi eng qudratli yadroviy qurollarga ega ekanligini ta’kidlab, ulardan hech qachon foydalanishga to‘g‘ri kelmasligiga umid bildirdi.

“Biz mudofaaga 654,6 milliard dollar sarflamoqdamiz. Endi uzoq vaqt gapirib kelinganidek, hech kim harbiylarimiz esdan chiqishi haqida so‘z ocha olmaydi. Biz yadroviy tizimlarni yangilashga, ayrim hollarda butkul yangilarini, deylik, atom suvosti kemalarini yaratishga ko‘p pul sarflamoqdamiz. Binobarin, biz doim ideal formada bo‘lgan jahondagi eng qudratli yadroviy kuchlarga ega bo‘lamiz va umid qilamizki, ulardan hech qachon foydalanmaymiz”, — degan Tramp.

Tramp juma kuni AQSHning 2018 yilgi byudjetini imzolagan.

1,3 trillion dollar hajmdagi byudjetda mudofaa masalalariga xarajatlar 80 milliard dollarga o‘sishini nazarda tutadi — bu so‘nggi 15 yil ichida harbiy xarajatlarning ilk bor bu qadar keskin o‘sishidan darak bermoqda. Mudofaa xarajatlariga jami bo‘lib 700 milliard dollar sarflanadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: “AQSH dunyodagi eng qudratli yadro kuchlariga ega”